Misrning Marsa al-Olam kurortidda italiyalik sayyoh bolalarning ko‘z oldida mehmonxona menejerini urib o‘ldirdi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar berdi.
Voqea bir necha kun muqaddam ro‘y bergan. Italiyalik Ivan Paskal 6 va 15 yoshli ikki qizi bilan qurilishi davom etayotgan mehmonxona yaqinida aylanib yurgan. Ularning yoniga boshqaruvchi chiqib, bu zonada bo‘lish xavfli ekanligini bildirgan va ketishni so‘ragan.
Ikki erkak o‘rtasida jandal kelib chiqqan, italiyalik sayyoh menejerning boshiga bir necha bor zarba bergan. U keyinroq olingan jarohatlardan vafot etgan.
11-avgust kuni italiyalik ushlandi. U o‘z aybini tan oldi.
Ayni paytda qizlarni vataniga qaytarib yuborish masalasi hal etilmoqda.
Izoh (0)