Xitoyning Shensi provinsiyasidagi yuqori tezlikli shosseda YTH yuz berishi natijasida 36 kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi turli darajada shikastlandi, deb yozadi “Kommersant”.
“Sinxua” agentligi hukumat bayonotiga tayanib ma’lum qilishicha, jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yetkazilgan, ularga zarur yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chendu shahridan Loyanga otlangan avtobus Sian—Xanchjun trassasida tunnel devoriga borib urilgan. Hodisa sabablari tergov guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)