Germaniyalik 40 va 50 yoshli ikki alpinist Alp tog‘laridagi Monblan tog‘ massiviga ko‘tarilishda muzlab qolib, halok bo‘ldi, deb yozadi “AiF”.
Erkaklarning jasadlari 4,2 km balandlikda topilgan. Ular Fransiya hududida joylashgan Monblan-dyu-Takyul cho‘qqisiga chiqmoqchi bo‘lgan.
Tartib posbonlari ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalish alpinistlar orasida juda ommabop bo‘lib, cho‘qqiga chiqishga yaxshi ob-havo sharoitida rusxat beriladi. Ammo erkaklar yo‘lga chiqqanidan keyin ob-havo buzilgan. 8-avgust kuni bu hududda kuchli shamol kuzatilgan.
Izoh (0)