Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Uz24.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

Festival ijrochi direktori T. Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil festivalda 56 davlatdan 250 xorijlik san’atkor ishtirok etishi kutilmoqda. Shu kunga qadar 120 ga yaqin badiiy jamoalar orasidan 38 ta jamoa saralab olindi. Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Myanma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.

Festivalning ahamiyatini yanada oshirish, dunyo hamjamiyati e’tiborini O‘zbekiston musiqa madaniyatiga qaratish maqsadida 20 ga yaqin xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus davra suhbatlari, taqdimotlar va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati milliy an’analarining shakllanishi va rivojlanishi” mavzuida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkaziladi. Unda 20 dan ortiq xorijlik taniqli musiqa mutaxassislari, olimlarning ishtirok etishi ko‘zlangan. Tadbirlarni xorij OAVda keng yoritish maqsadida 15 ga yaqin davlatdan 25 nafar jurnalist jalb etilmoqda.

Shuningdek, anjumanga faxriy mehmon sifatida YuNЕSKO, MDH, YeXHT, Koreyaning Andong, Xitoyning Shanxay xalqaro musiqa festivallari vakillari taklif qilingan.

Bu safar AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Estoniya, Kuvayt, Indoneziya, Bangladesh, Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati shakllantirildi.

Foto: “SV.ZarNews.uz”

Foto: “SV.ZarNews.uz”

Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, festival munosabati bilan shahar ko‘chalari, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda, zamonaviy tungi yoritish uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Ayni paytda shahar ko‘chalariga Rossiyadan keltirilgan 1,5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ikki million tup gul ko‘chatlari o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Anjuman boshlangunga qadar shaharning 20 ta yirik yo‘l chorrahalarida kompozitsiyali gulzorlar barpo qilish, markaziy ko‘chalar kesishmasida mustaqillik yillari erishgan yutuqlarni videoroliklar yordamida namoyish etish maqsadida katta hajmdagi yettita monitor, samarqandliklar hamda xorijlik sayyohlarga anjuman ishtirokchilari chiqishlarini tashkil etish uchun beshta yig‘ma sahna o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi