Taniqli musiqachi va bastakor, bir qator serial hamda o‘yinlarga saundtreklar yozgan Deniel Lixt olamdan o‘tdi. Bu haqda Evolution Music Partners o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Lixt Dexter serialiga, shuningdek, Dishonored, Dishonored 2 va Silent Hill’ning ikkita loyihasiga — Downpour va Book of Memories’ga saundterklar bastalab mashhurlikka erishgan.
Lixt o‘z faoliyatini rok-musiqa va jazzda boshlagan, biroq keyinchalik bastakor Kristofer Yang bilan birga kino sohasida ishlashga o‘tib ketgan.
U faol ravishda qo‘rqinchli filmlarga saundtreklar yozgan, fantast-yozuvchi Klayv Barker bilan hamkorlikda ishlagan.
Izoh (0)