8-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Farg‘onada 6 yildan buyon komada yotgan ayolning holati bo‘yicha ma’lumot berildi. 2011-yil noyabrida ikkinchi farzandini dunyoga keltirish davomida shifokorlarning xatolari sababli Nargiza “koma paralich” holatiga tushib qolgan.
2. TIV: Chet elga chiqish uchun stikerni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyor. 7-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov idoralararo yig‘ilish o‘tkazgan.
3. Toshkentdagi to‘ylarda kelin-kuyovning vals tushishi, pul sochish-u gul otishlar va tort kesishi taqiqlandi. Endilikda nikoh to‘ylari, unashtirish, oqo‘rar va fotiha marosimlari birlashtiriladi.
4. Toshkent shahar hokimi farmoyishiga muvofiq “qovurdoq”, “challar” va “quda chaqirish” marosimlari bekor qilindi. Hokimlik muchal to‘yi va aqiqa marosimini o‘tkazmaslikni so‘ragan.
5. “Daryo” xodimi “Real” — “Barselona” o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi uchun Barselona va Madridga boradi. Birinchi o‘yin 13-avgust kuni Barselonada, javob bahsi esa 16-avgustda Madridda bo‘lib o‘tadi.