• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada 6 yildan buyon komada yotgan ayolning holati bo‘yicha ma’lumot berildi

    Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limida 6 yildan buyon davolanayotgan ayol haqida postlar tarqalib ketdi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    Ana shu xabarlarga tayanib, Uz24’ning yozishicha, 1980-yilda tug‘ilgan bemor ayol Nargiza Ubaydullayeva 2011-yil 27-noyabrda ikkinchi farzandini dunyoga keltirish uchun Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasi tug‘ruq bo‘limiga olib kelingan.

    Lekin tug‘ruq davomida shifokorlarning xatolari sababli Nargiza “koma paralich” holatiga tushib qolgan. Shundan keyin bemorning turmush o‘rtog‘i u bilan ajrashib Rossiyaga ketib qolgan.

    Hozirgi kunda Nargiza Ubaydullayevaning katta farzandi 9 yoshda, kichigi esa 6 yoshda. Ularga bemorning onasi qaraydi va u bu bo‘yicha Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilgan, biroq natijadan darak yo‘q edi. Ko‘p sonli internet foydalanuvchilari bunga o‘z munosabatlarini bildirdi va tabiiyki, mazkur holatga Sog‘liqni saqlash vazirligidan izoh kutdi.

    Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bemor Nargiza Ubaydullayeva holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

    “Farg‘ona shahar Bursa ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Habibaxon Usmonovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga qilgan murojaati to‘liq o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Habibaxon Usmonovaning qizi Nargiza Ubaydullayeva 2011-yildan buyon Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limida koma holatda davolanib kelinmoqda.

    Bemor Nargiza Ubaydullayevaning kasallik tarixi quyidagicha boshlangan. Bemor 2011-yilning 27-noyabrida soat 06:25 da Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasi tug‘ruq bo‘limiga olib kelingan. Navbatchi shifokorlar — R.E.Mamasiddiqov va Z.A.Usmonovalar tomonidan bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, quyidagi tashxis qo‘yilgan: Homiladorlik - 2, 38 hafta, tug‘ruq - 2, tug‘ruqning birinchi davri. Asoratlangan akusherlik anamnezi (bachadon chandig‘i). Kamqonlikning og‘ir darajasi.

    Shundan so‘ng shifokorlar bachadon chandig‘i nosozligi, tug‘ruq travmatizmining oldini olish maqsadida hayotiy ko‘rsatmaga ko‘ra, shoshilinch ravishda tug‘ruqni operativ yo‘l bilan olib borish zarurligini bemorning qarindoshlariga tushuntirishgan. Bemor shoshilinch operatsiyaga tayyorlanib, shu kunning o‘zida soat 07:00 da operatsiya xonasiga o‘tkazilgan. Operatsiya paytida bemorda o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi sababli, nafas va yurak faoliyati to‘xtashi kuzatilgan. Yurak faoliyati ikki bora to‘xtashi kuzatilib, ko‘rilgan reanimatsion choralardan so‘ng operatsiya davom ettirilgan va soat 09:15 da yakunlangan. Shundan keyin bemor sun’iy nafas olish apparati yordamida, intensiv davolash maqsadida reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

    Uning ahvoli og‘irlashganligi sababli, 2011-yil 28-noyabr kuni soat 05:45 da viloyat mutaxassilari ishtirokida qayta operatsiyaga olingan. Unda relaparotomiya, bachadon amputatsiyasi, ichki yonbosh arteriyalarini bog‘lash va qorin bo‘shlig‘ini drenajlash operatsiyasi bajarilgan.

    2012-yilning aprel oyidan bemorga I guruh nogironligi belgilandi. Farg‘ona shahar Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining tavsiyaga asosan, Farg‘ona shahar hokimining 2012-yil 16-iyuldagi qarori bilan Habibaxon Usmonova bemorga vasiy homiy etib tayinlanib, unga 405 ming so‘m miqdorida nafaqa belgilangan. Bemor N.Ubaydullayeva esa reanimatsiya bo‘limida alohida xonada parvarish qilinmoqda. Hozirgi kundagi tashxisi: surunkali vegetativ holat, oyoq va qo‘l bo‘g‘imlari kontrakturasi, mushaklar distrofiyasi, temir tanqislik kamqonligining o‘rta og‘ir darajasi.

    Farg‘ona shahar huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, tibbiyot birlashmasining ikki nafar shifokori — reanimatolog-anesteziolog Rayim Qoraboyev va vrach ginekolog Rahmat Mamasidiqovlarga nisbatan ushbu davolash jarayonida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan va qonuniy choralar ko‘rilgan.

    Ayni kunlarda bemor Nargiza Ubaydullayevaning umumiy ahvoli turg‘un behush, bo‘g‘imlar deformatsiyalangan, muskullar atrofiyalangan. Nafas olishi traxeostomik naycha orqali, vaqti-vaqti bilan yuqori nafas yo‘llari elektr so‘rg‘ich yordamida sanatsiya qilib turiladi. O‘pkalarda sust vezikulyar nafas, gemodinamika stabil. Oziqlanishi oshqozon zondi orqali. Diurez uretral katetr yordamida.

    Respublika ishchi guruhi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyatining bemor N.Ubaydullayevani amaldagi qonunda belgilangan tartib asosida “Muruvvat” uyiga joylashtirish taklifi bemorning onasi H.Usmanova tomonidan rad etildi.

    Bemor Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Nevrologiya kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi professorlari, Janubiy Koreya, Hindiston davlatidan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, qo‘yilgan tashxis va davolash muolajalari to‘g‘riligi qayd etilgan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yuqoridagi holat 0,06 foiz hollarda uchrab turadi. Bunday kasalliklar bilan yillar davomida davolanayotgan bemorga nisbatan ham ma’naviy, ham jismoniy, ham iqtisodiy tomondan juda katta kuch, e’tibor va parvarish talab qilinadi. Belgilangan tartibga asosan, ushbu bemorlar bosqichma-bosqich ravishda jadal terapiya sharoitidan, parvarishlar amalga oshiriladigan statsionarlar sharoitiga o‘tkazilishi talab etiladi. Lekin, ushbu asoratdan so‘ng ro‘y bergan murakkab vaziyatni to‘liq tushungan holda, bemorning qarindoshlari talabini qondirish maqsadida hamda insoniylik nuqtai nazardan bemor N.Ubaydullayevaga 6 yildan buyon faqat reanimatsiya bo‘limida shifokorlar, hamshiralar, qolaversa, barcha katta va kichik tibbiyot xodimlari tomonidan uzluksiz parvarish (oziqlantirish, sanitar ishlovlar, ko‘rpa-to‘shaklarni almashtirish, cho‘miltirish va h.k.) o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, davlatimiz tomonidan Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘magida ko‘plab beminnat mablag‘lar sarf qilib kelinmoqda.

    Hozirgi kunda bemor N.Ubaydullayevaga reanimatsion tibbiy muolajalar davom ettirilishiga ko‘rsatma mavjud emas, faqat parvarish darkor. Shunday ekan, ayni damda bemor uy sharoitida yoxud “Muruvvat” uyida parvarishlanishi mumkin”.

    Odiljon Umarov, Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

    08.08.2017, 17:38   Izoh (0)   142757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Baxtiyor Yoqubov O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    08.08.2017, 14:11

    Yuqori Chirchiqda gaz uchun to‘lovni bilaguzuk orqali amalga oshirishini va’da qilgan firibgar ayol qo‘lga olindi

    08.08.2017, 13:45

    LG: xonadoningizda sog‘lom iqlim

    08.08.2017, 13:32

    Mirzo Ulug‘bek tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi

    08.08.2017, 13:18

    6-avgust kuni Toshkentda 4 ta YTH sodir bo‘ldi va bir kishi vafot etdi

    08.08.2017, 13:04

    Toshkent shahar hokimi farmoyishiga muvofiq “qovurdoq”, “challar” va “quda chaqirish” marosimlari bekor qilindi

    08.08.2017, 12:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.