Ispaniya Superkubogi uchun mavsum starti arafasida Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘zaro kurash olib boradi. “Qirollik klubi” La liganing so‘nggi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Barselona” mamlakat kubogini o‘ziniki qilib olgandi.
Yevropaning qolgan mamlakatlaridan farqli ravishda Ispaniya Superkubogi ikki o‘yindan iborat bo‘ladi. 13-avgust kungi “El-Klasiko”ga “Kamp Nou” arenasi mezbonlik qilsa, 16-avgust kuni tomonlar Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadioniga chiqib keladi.
Mazkur bellashuvlarni “Daryo” xodimi ilk bor jonli kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Azimut Travel hamda “Turizm” gazetasi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan #tour_de_clasico sayohati davomida kunlik videolavhalar, blogpostlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tur o‘z ichiga nimalarni olishi quyidagi videolavhada o‘z ifodasini topgan.
Azimut Travel hamda “Turizm” gazetasi keyinchalik ham millionlar o‘yini muxlislari uchun futbol turnelari tashkil qilishni rejalashtirgan. Bu boradagi birinchi sayohat taassurotlarini “Daryo”da kuzatib borishingiz mumkin.