Botsvanada noma’lum shaxslar Buddaning yarim tonna keladigan haykalini o‘g‘irlab ketdi. Tez kunda mamlakatga dalay-lama tashrif buyurishi kutilmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Botsvana politsiyasiga ko‘ra, bronzadan yasalgan haykal 1,5 metr balandlikka va 1,2 metr uzunlikka egadir. Haykal poytaxt shahar Gaboroneda joylashgan edi.
Milliy buddaviy jamoat bayonotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan voqea mamlakatdagi buddaviylarni chuqur tashvishga solgan.
Botsvana buddaviylari uyushmasi prezidentai Darsini de Silvaga ko‘ra, bronzadan yasalgan haykalning bozor narxi 25 ming dollarni tashkil qiladi.
Izoh (0)