AQShning Minneapolis shahridagi Minnehaha Academy xususiy maktabi binosida ro‘y bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bir necha kishi vayronalar ostida qolmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Portlash oqibatida binoning bir qismi quladi. Bir necha odam evakuatsiya qilindi — ular maktab tomiga chiqib oldi.
Portlashga sabab sifatida tabiiy gaz sizishi ko‘rsatildi.
Izoh (0)