Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sud ijrochilari bir oilani xonadonidan ko‘chirib chiqarish paytida erkak SSSR parchalanib ketganidan buyon uyidan chiqmaganini aniqlai. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xonadonda to‘planib qolgan bir yarim metrlik chiqinda qatlami juftlikning ko‘chirib chiqarilishiga sabab bo‘ldi.
Aytilishicha, ayol ruhiy xasta bo‘lib, ko‘chadan muntazam ravishda uyga axlat ko‘tarib keladi. Uning madorsiz bo‘lib yotgan eri esa SSSR pasportiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Juftlik juda keksa bo‘lgani bois ularni ko‘chirib chiqarish chog‘ida shifokorlarni chaqirishga to‘g‘ri keldi. Erkak klinikaga, ayol esa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yetkazildi.
Izoh (0)