AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Rossiyani kuch bilan xalqaro chegaralarni o‘zgartirishga urinishda, shuningdek, Bolqon yarim orolining g‘arbiy qismida demokratiyani izdan chiqarishda aybladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Rossiya xalqaro chegaralarni kuch qo‘llab o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlarni davom ettirmoqda. Bu yerda, G‘arbiy Bolqonda Rossiya mintaqani beqarorlashtirish va demokratiyangizni izdan chiqarish sa’y-harakatlarini amalga oshirdi”, — dedi Pens Chernogoriya poytaxti Podgoritsada o‘tgan Amerika-Adriatika xartiyasi sammitida.
“Bu yerda, Yevropada, biz Sharqdan soya solayotgan mamlakat tajovuzi oldida qat’iyatli murosasiz bo‘lishimiz kerak”, — qo‘shimcha qildi Pens.
Izoh (0)