Madagaskar shimolida ro‘y bergan yirik YTH oqibatida 34 nafar protestant ziyoratchi halok bo‘ldi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.
Aytilishicha, avtobus haydovchisi ko‘tarmada boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Mashina jarlikka qulagan va, bir necha marta ag‘darilib, so‘ng o‘t olgan.
Avtobusda jami 100 kishi bor edi.
Avariya orol poytaxti Antananarivudan 70 kilometr narida ro‘y berdi.
Izoh (0)