AQShning Moskvadagi elchixonasi xodimlari tomonidan Rossiya fuqarolariga viza berilmasligi holatlari ko‘payib bormoqda. Bu Rossiyaning AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalariga qarshi javob choralari ko‘rilishidan so‘ng yuzaga kelgan holatdir, deb xabar beradi “TASS” The New York Times nashriga asoslangan holda.
Aytilishia, Rossiya tomonining mamlakatdagi AQSh diplomatlari sonini 455 kishiga qisqartirish qarori ayrim operatsiyalarni, jumladan, viza berish jarayonini qiyinlashtirib yuboradi.
Nashr AQSh vizalarini olishga ko‘maklashuvchi nomi keltirilmagan firma xodimi Shavkat Bo‘tayevning so‘zlarini keltirmoqda. Unga ko‘ra, viza olish talabnomalariga rad javobi berilishi holatlari keskin ortib ketgan.
“Ilgari bunaqasi bo‘lmagan: har kuni 50–60 kishi rad javobi olmoqda, asosan yosh ayollar”, — dedi u.
Izoh (0)