Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlardan bo‘yin tovlash borasida aybdor deb topilib, Ispaniya sudi oldida javob berishi kerak edi. “Chempionat” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi kecha — 31-iyul kuni sudaga tashrif buyurdi va 1,5 soatlik ishda bevosita ishtirok etdi.
Ronalduning qayd etishicha, u o‘zini sud oldida aybdor deb hisoblamaydi. Sud majlisidan keyin jurnalistlar Krishtianuni savollar bilan to‘ldirib tashlagan bo‘lsa-da, u birorta savolga javob berishni istamadi. Keyinroq esa masalaga shunday izoh berdi:
Ispaniya soliq qo‘mitasi mening barcha daromadlarim haqida biladi. Men soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan emasman. Barchamiz daromadlarimizdan soliq to‘lashimiz kerak deb hisoblaganim uchun ham, soliq dekloratsiyalarini o‘z vaqtida bajarganman.Ronaldu sudda 2011—2014-yillar oralig‘ida 14,7 million yevroni soliq organlaridan yashirganlikda ayblanmoqda. U o‘z imidji orqasidan keladigan daromadlarini yashirish bo‘yicha biznes plan ishlab chiqqanlikda gumon qilingan. Katta ehtimol bilan unga bu borada agenti yordam bergan.Krishtianu Ronaldu, “Real Madrid” hujumchisi
Mazkur ishda Ronaldu aybdor deb topilsa, u nafaqat ko‘rsatilgan zararni qoplab beradi, balki ikki yillik qamoq jazosini ham o‘taydi.