Taniqli futbolchi Jorj Vea Liberiya prezidentligiga saylovda ishtirok etadigan 20 nomzoddan biriga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Senator Vea Demokratik o‘zgarishlar koalitsiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatildi.
O‘tmishda hujumchi sifatida to‘p surgan Jorj Vea 1995-yili FIFA versiyasi bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi. U eng katta muvaffaqiyatlarga “PSJ” (Fransiya) va “Milan” (Italiya) jamoalari tarkibida erishgan.
2005-yili Vea prezident saylovida ishtirok etgan va hatto birinchi tur yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni egallagan edi, ammo ikkinchi turda iqtisodiyotchi Ellen Jonson-Serlifdan mag‘lub bo‘lgan edi.
Izoh (0)