Chempionlar xalqaro kubogi doirasida Milanning “Inter” va Londonning “Chelsi” klublari Singapurda o‘zaro to‘qnash keldi.
Bellashuv italiyalik futbolchilarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi hamma gol “Inter” futbolchilari tomonidan urildi.
“Chelsi”ning 80 millionlik xaridi hisoblangan Alvaro Morata maydonda 65 daqiqa harakat qildi va o‘z o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.
Morataning “Chelsi”dagi norasmiy debyuti “Bavariya”ga qarshi o‘tgan bo‘lib, o‘shanda Antonio Konte shogirdlari 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Inter” turnir doirasida “Barselona” kabi ketma-ket uch o‘yinda zafar quchdi: “Lion” 1:0, “Bavariya” 2:0 va “Chelsi” 2:1.
Chempionlar xalqaro kubogi Singapur, Singapur 29-iyul, shanba
Izoh (0)