Chempionlar xalqaro kubogining Sharqiy Osiyodagi turnesiga tashrif buyurgan Milanning “Inter” klubi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Italiya klubi ketma-ket uch o‘yinda zafar quchishning uddasidan chiqa oldi: “Lion” 1:0, “Bavariya” 2:0, “Chelsi” 2:1.
“Inter” musobaqa davomida gol o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lishi ham mumkin edi. Biroq fransiyalik futbolchi Jeffrey Kondogbia “qovun tushirdi”. “Chelsi”ga qarshi o‘yin 2:0 bo‘lib turgan bir paytda, u salkam maydon markazidan o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
Izoh (0)