Tesla rahbari Ilon Mask kompaniya shtab-kompaniyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda yangi Model 3 elektromobillarining ilk sohiblariga kalitlarni topshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashinalarning barcha 30 sohibi kompaniya xodimlaridir.
Shu bilan birga, Mask avgustda kompaniyaning Kaliforniya shtatidagi yagona zavodida yuzga yaqin yangi mashina yig‘ilishini bildirdi.
Tesla bu ko‘rsatkichni sentabr oyida 1,5 ming avtomobilga yetkazishni rejalashtirmoqda, yil oxirigacha esa oyiga 20 mingtadan mashina chiqarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)