Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi O‘zbekiston kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.
Chorak finalda Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan to‘qnash kelgan “qaldirg‘ochlar” har ikki o‘yinda ham zafar quchishning uddasidan chiqdi. Vodiydagi o‘yin 2:1 hisobida o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa, poytaxtdagisi 3:1 hisobi bilan tugadi.
Yarim finalda “Bunyodkor” Samarqandning “Dinamo” klubi bilan bellashadigan bo‘ldi. Birinchi o‘yin 31-iyul kuni Toshkentda o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi Chorak final 27-iyul, payshanba
“Bunyodkor” — “Neftchi” 3:1
Gollar: Muzaffar Muzaffarov, 37-pen (0:1). Vadim Chemirtan, 45+1 (1:1). Doston Hamdamov, 58 (2:1). Otabek Shukurov, 69 (3:1).Dastlabki o‘yin: 2:1Bugun — 28-iyul kuni chorak final doirasida yana ikki bellashuv o‘tkaziladi. “Buxoro” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Lokomotiv”, endi raqibini Toshkentda qabul qiladi. “Qo‘qon—1912” ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan “Nasaf” esa vodiyda mehmon bo‘ladi.
Izoh (0)