O‘zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoni va Yaponiya termalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
JCh—2018 saralashining so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuv ko‘p masalalarga oydinlik kiritib beradi. 8-turdan keyin Yaponiya termasi 17 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, Saudiya va Avstraliya hisobida esa 16 tadan ochko bor. Qiziq tomoni, Yaponiya so‘nggi ikki turda o‘zini ta’qib qilib kelayotgan mamlakatlarga qarshi saf tortadi. Shu jihatdan olib qaralsa, kunchiqar yurt termasini anchagina qiyin sinov kutib turibdi.
Mazkur guruhda uchinchi bo‘lgan terma jamoa pley-offda “A” guruhining uchinchi jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 8-turdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi bunga asosiy da’vogar. Oldinda jamoani Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvlar kutib turibdi.
O‘FF saytining ma’lumot berishicha, Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ma’mur Saidqosimov va Xusniddin Shodmonov yordam beradi.
Izoh (0)