O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni mahalliy eksportchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, 1-avgustdan eksport bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlarining eksport tushumining 25 foizini davlatga sotish majburiyati bekor qilinadi.
Markaziy bankka vakolatli tijorat banklari hamda eksport bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari, shu jumladan, fermer xo‘jaliklari orasida yangi tartibdagi realizatsiya tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish topshirildi.
Izoh (0)