Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunkerning matbuot anjumani chog‘ida telefon qo‘ng‘irog‘iga bildirgan fikri jurnalistlarning kulgisiga sabab bo‘ldi. Voqea videosi AFP’ning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
27-iyul kuni Yunker, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso migratsiya masalalari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumani berayotgan edi. Shu pallada Yevrokomissiya rahbarining telefoni jiringlab qoldi.
Yunker qo‘ng‘iroqqa javob bermadi.
“Kechirasizlar, xotinim qo‘ng‘iroq qilyapti”, — tushuntirdi u va qo‘ng‘iroqni o‘chirib qo‘ydi. Lekin telefon ekraniga qaraganda siyosatchi unga rafiqasi qo‘ng‘iroq qilmaganini tushundi.
“Merkel xonim ekan”, — dedi Yunker. O‘tirgan siyosatchilar va jurnalistlar kulib yubordi.
Izoh (0)