Twitter foydalanuvchisi dugonasining kompyuteridagi “ishchi stol”ni suratga olib tarmoqqa joylashtirdi. Yuzlab fayllar bilan to‘la suratga The Daily Dot nashri e’tibor qaratdi.
“Karli har kuni menga “ishchi stol”ining skrinshotini yuboradi va kundan kunga u yomonlashib bormoqda”, — deya izohlanadi surat.
Chop etilgan suratlarga ko‘ra, Karli — MacOS operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterning egasi. Skrinshot qilinganida suratlar avtomatik ravishda “ishchi stol”da saqlanib qolinadi.
Twit’ga izoh qoldirgan foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular bittagina skrinshotdan noqulaylikni his qilishadi. @bforbingo nikidagi foydalanuvchi esa “Men politsiya chaqiraman” deya izoh qoldirgan. Boshqalar esa “ishchi stol”ga “do‘zax” deya ta’rif berishgan.
Izoh (0)