Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi uchun harakat qilayotgan jamoalar kecha — 26-iyul kuni saralashning 3-bosqichida maydonga tushdi.
O‘zbekistonlik Aziz Ibragimov harakat qilayotgan Latviyaning “Spartak” klubini turnirdan chiqarib yuborgan “Astana”, bu safar Polsha klubini ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi — 3:1.
Kiyev “dinamochilar”i Shveysariyani klubini shu hisobda taslim qildi. Mario Balotellining goli esa jamoasining g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmadi. Yevropa ligasining amaldagi finalchisi hisoblangan “Ayaks” Amsterdamdagi o‘yin oldidan durangga erisha oldi.
Chempionlar ligasi. Moskvaning “SSKA” klubi keyingi bosqich uchun qadam tashladi
Yevropa Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichi 26-iyul, chorshanba“Nitssa” (Fransiya) — “Ayaks” (Gollandiya) 1:1
Gollar: Mario Balotelli, 32 (1:0). Donni van de Bek, 49 (1:1).“Dinamo Kiyev” (Ukraina) — “Yang Boyz” (Shveysariya) 3:1
Gollar: Andrey Yarmolenko, 15 (1:0). Dyomersi Mbokani, 34 (2:0). Kristian Fassnaxt, 91+ (2:1). Denis Garmash, 93+ (3:1).“Astana” (Qozog‘iston) — “Legiya” (Polsha) 3:1
Gollar: Kabananga, 36 (1:0). Mayevskiy, 45 (2:0). Sadiku, 79 (2:1). Tvumasi, 90 (3:1).“Bryugge” (Belgiya) — “Istanbul” (Turkiya) 3:3“Maribor” (Sloveniya) — “Xabnarfordyur (Islandiya) 1:0“Seltik” (Shotlandiya) — “Rusenborg” (Norvegiya) 0:0“Xapoel B-Sh” (Isroil) — “Ludogorets” (Bolgariya) 2:0“Vitorul” (Ruminiya) — “APOEL” (Kipr) 1:0“Zaltsburg” (Avstriya) — “Riyeka” (Xorvatiya) 1:1
Izoh (0)