Tojikiston adliya vazirligi mamlakat FHDYo bo‘limlariga mamlakatning asosiy millati — tojik oilalarida tug‘iladigan farzandlarga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan 6 ming ismdan iborat maxsus reyestrni yo‘lladi. Bu haqda Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida adliya vaziri o‘rinbosari Hakim Mirsaidzod bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Reyestr FHDYoga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishga kelgan ota-onalarga taqdim etiladi.
“Agar ota-onalar o‘z bolalariga ismlarni reyestrdan tanlashga rozi bo‘lmasa, ular maxsus komissiyaga murojaat etishi lozim, komissiya ota-onalar taklif etgan ismning qo‘yilishiga ruxsat berish-bermaslikni hal qiladi”, — tushuntirdi amaldor.