Angliyaning “Manchester Siti” klubi birgina transfer oynasida sotib olingan futbolchilarning umumiy narxi borasida Madridning “Real” klubi rekordini yangilashga yaqin turibdi. Bu haqda “Championat.asia” ABola nashriga asoslanib xabar berdi.
“Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning istagiga ko‘ra shu yozning o‘zida 6 nafar futbolchi sotib olishning uddasidan chiqdi. “Monako”dan xarid qilingan himoyachi Benjamin Mendi “shaharliklar” uchun 57,5 million yevroga aylandi. “Tottenhem” esa himoyachisi Kayl Uokerni 56,5 millionga sotishga erishdi.
Shuningdek, Bernardo Silva 50 millionga, Ederson Morales 40 millionga, Danilo 30 millionga va Duglas Luis 12 millionga aylandi. Olti futbolchi jami 246 million yevroni tashkil qildi.
ABola’ning eslatishicha, Madridning “Real” klubi 2009-yil transfer oynasida 257 million yevro chiqim qilgan. Bu pulga “Qirolli klubi” Krishtianu Ronaldu (94), Kaka (65), Xabi Alonso (35), Karim Benzema (35), Raul Albiol (15), Alvaro Negredo (5), Alvaro Arbeloa (4), Esteban Granero (4) kabi nomlarni sotib olishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)