“Tolibon” radikal harakati vakillari Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatining Jani Kxel tumanini egallab olganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, jangarilar tuman markaziga 25-iyul kuni ertalabki soatlarda hujum uyushtirgan.
Shu bilan birga, rasmiy hukumat vakillari tuman uchun kurash davom etayotganini uqtirmoqda. Paktiya viloyati politsiyasi rahbari Torialay Abdiyani, qiyinchiliklarga qaramay, tuman markazi hali ham hukumat qo‘lida ekanligini bildirdi.
Ilgariroq Faryob viloyatining Ko‘histon va G‘ur viloyatining Tayvara tumanlari toliblar qo‘liga o‘tgani bildirilgan edi.
Izoh (0)