Buxoro shahar IIBga Buxoro shahrida yashovchi N.Rajabova ariza bilan murojaat qilib, 1991-yilda tug‘ilgan B.Zuxurov unga turmush o‘rtog‘i A.Shodiyevning AQSh davlatiga ishlash maqsadida borishi uchun viza hujjatlarini to‘g‘rilab berishni va’da qilgan holda, uning 3000 AQSh dollari miqdoridagi pulini qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Shuningdek, B.Zuxurov fuqaro D.Gulamovaga o‘g‘li A.Baxshilloyevning Koreya davlatiga ishlash maqsadida borishi uchun viza hujjatlarini to‘g‘rilab berishni va’da qilib, uning 1300 AQSh dollari miqdoridagi pulini olgan.
Mazkur holat yuzasidan B.Zuxurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)