Tanzaniyaning oltin qazib olish bilan shug‘ullanadigan Acacia Mining kompaniyasiga 190 milliard dollar qo‘shimcha soliq hisoblandi. Bu soliq organlari xatosi emas — Tanzaniya hukumati Acacia Mining davlatni 40 milliard dollarga aldadi deb hisobladi, qolgan 150 milliard esa jarima tariqasida umumiy summaga qo‘shildi, deb xabar beradi Meduza.
190 milliard dollar bozor kapitalizatsiyasiga jahondagi bir necha o‘n kompaniya ega, xolos. Jahondagi eng qimmat kompaniya — Apple kapitalizatsiyasi 792 milliard dollarga teng.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, hukumat oldidagi qarzini uzish uchun Acacia Mining 200 yillik tushumini bir yerga to‘plashiga to‘g‘ri keladi.
“40 milliard dollarlik hisob — jahondagi besh eng yirik oltin qazib oluvchining 2000-yildan beri to‘lagan umumiy soliqlaridan ikki barobar ko‘proqdir”, — dedi Investec Plc tahlilchisi Xanter Xillkoat.
Hatto Tanzaniyaning YaIMi belgilangan to‘lov pulidan kamroq bo‘lib, 150 milliard dollarni tashkil etadi.
Tanzaniya hukumati va Acacia Mining o‘rtasidagi bahs bir necha oydan buyon davom etmoqda. Amaldorlar kompaniya ikki kondan amalga oshirgan eksport uchun deklaratsiya topshirmagan deb hisoblamoqda. Acacia Mining buni inkor qilmoqda.
Mart oyida Tanzaniya ishlanmagan oltin va mis eksportini taqiqladi. Buning oqibatida Acacia Mining kuniga million dollar zarar ko‘rmoqda.
Izoh (0)