Investitsiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev hamda Siemens kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Iskander Bo‘ronov 24-iyul kuni Berlinda Germaniya–O‘zbekiston forumi doirasida anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Siemens’ning mahalliy vakolatxonasiga tayangang holda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tomonlar energetika, sanoat, transport infrastrukturasi modernizatsiyasi, binolar avtomatizatsiyasi va xavfsizligi, sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish singari sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Hujjatda O‘zbekiston energetikasi rivojlanishining innovatsion texnologiyalar joriy etilishiga urg‘u berilgan ssenariysi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston korxonalarida raqamli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Innovatsion yechimlarning qo‘llanilishi temir yo‘l transporti sohasiga ham tegishlidir. Temir yo‘l infrastrukturasini avtomatlashtirish va elektrlashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Izoh (0)