Nukus shahri markaziy dehqon bozorida go‘sht narxi biroz tushdi, deb xabar beradi “KRuz.uz” sayti ijodkorlari.
“Oxirgi paytlarda Nukusdagi markaziy dehqon bozorida 1 kilogram mol go‘shtining narxi 28–30 ming so‘mga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek ba’zilar bozor rahbarlari 24 ming so‘mdan soting degani uchun shoxobchalarini yopib qo‘ygan ekan degan mish-mishlar ham bo‘lgani haqiqat”, — deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, bu gaplarga aniqlik kiritish maqsadida sayt markaziy bozor rahbarlaridan ma’lumot olgan.
“Xalqqa sifatli go‘shtlarni naqd pul va plastik kartochkalarga har bir kilogrammini 24 mingdan sotmoqdamiz”, — degan bozordagi yakka tadbirkor F. Avezov.
“Haqiqatan ham, bozorda mol go‘shti erkin turda bir kilogrammi 24 ming so‘mdan sotilayotganining guvohi bo‘ldik”, — xulosa qilinadi materialda.
Izoh (0)