Malayziyaning Pinang shahri aralash qoidalar bo‘yicha MMA janglariga mezbonlik qildi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
MMA kechasi Malayziyaning GWFC prmouterlik kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan. Unda o‘zbekistonlik Firdavs Boynazarov birinchi bor ishtirok etdi. MMA tasnifida ilk marta jang qilgan Firdavs ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Firdavs Boynazarov K-1 da omadli odimlayotgan Anvar Boynazrovning ukasidir. Anvar Xitoydagi M-Legend turniridagi birinchi ishtirokida finalga qadar yetib borgan bo‘lsa, 2017-yilgi mavsumning yarim finalida turibdi.
Sportchining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, M-Legend yarim finaliga Tailandning Pxuket shahri ilk bor mezbonlik qiladi. Sportchining o‘zi allaqachon mazkur shaharga yetib kelib, 5-avgust kungi jang tayyorgarliklarini boshlab yuborgan. Tayyorgarlik Tiger Muaythai arenasida davom etmoqda.
Izoh (0)