Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining Qandahor viloyatida “Tolibon” harakatiga qarshi olib borgan operatsiyalari natijasi 21 jangari yo‘q qilindi, 20 nafari jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya matbuot kotibi Ziyo Durroniy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, jangarilar Nash tumanidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirgan.
“Politsiya xodimlari toliblar bilan jangga kirishib ketdi. Otishma natijasida 15 jangari yo‘q qilindi, yana 20 nafari jarohatlandi. To‘qnashuvda, shuningdek, to‘rt politsiyachi halok bo‘ldi, olti nafari yaralandi”, — ma’lum qildi u.
Qo‘shni Mayvand tumanida o‘tkazilgan operatsiya davomida yana to‘rt nafar jangari yo‘q qilindi. Ulardan biri toliblarning mahalliy yetakchilaridan biri Mayvandxondir.
Bundan tashqari, Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Qunduz viloyatining Xonobod tumanida “Tolibon” marralarini bombalashi natijasida yana 13 jangari yo‘q qilindi.
Izoh (0)