Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida IIB, prokuratura organlari va hokimlikning bir qator vakillari ishdan olindi. Bu haqda “Axborot” informatsion dasturiga tayanib, Uz24 xabar berdi.

Kadr: “O‘zbekiston” kanali/Axborot

To‘ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tumanlarda bir qancha kamchiliklar, jumladan, kommunal sohalardagi muammolar to‘planib qolganiga alohida e’tibor qaratdi.

Dasturda ta’kidlanishicha, Ohangaron tuman hokimi Rustam Ubaydullayev va Angren shahar hokimi Ibrohimjon Rahmonov, viloyat markaziy banki rahbari, hududdagi sog‘liqni saqlash, soliq, ichki ishlar va prokuratura tizimdagi bir qator rahbar va xodimlar o‘z vazifasidan ozod etildi. Bunga ularning o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab bo‘lgan.