Ma’lumotlar tahlili maqsadli auditoriyani, qiziqishlarni, talabni, iste’molchilar faolligini va kompaniya kelajagini aniqlashda samarador qo‘llanishi mumkin.
Big Data — bu nima? Birinchi marta “Katta ma’lumotlar” atamasi 1999-yili ishlatilgan edi. Uchta V — volume, velocity, variety majmuasiga asoslangan ushbu metodika katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qaratilgandir. Katta ma’lumotlar tahlili ko‘pdan buyon va muvaffaqiyatli tarzda maqsadli auditoriyani, qiziqishlarni, talabni, iste’molchilar faolligini aniqlashda ishlatib kelinmoqda.
Big Data’ning marketingda qo‘llanilishi mijozlarning qoniqqanlik darajasini baholashda; yangi uslublar topish va joriy etishda, mijozlarning ishonch darajasini oshirishda; yuqori talabgir yangi loyihalar yaratishda; taklif etilayotgan narsa kutilayotganlarga va ehtiyojlarga mos kelish-kelmasligini tushunishda; iste’molchilarni yaxshiroq bilib olishda, internetda tegishli audtoriyani jalb qilishda yordam beradi.
Harvard Business Review maqolalardan to‘plamidagi iste’molchi konversiyasi bilan bog‘liq holatni ko‘rib chiqamiz.
N poyabzal tarmog‘i Rossiyaning 40 ta do‘konida poyabzal va aksessuarlar sotadi, uning loyallik dasturida 350 mingga yaqin odam ishtirok etadi. Tarmoq yangi xaridorlarni jalb qilib, tushumni oshirishni xohlaydi, shuning uchun tarmoq tajriba qo‘yishga qaror qiladi. Yangi auditoriya jalb qilish bilan Rossiyaning savdo tarmoqlariga ma’lumotlar tahlili va ilg‘orlash dasturlarini shaxslashtirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan NN startapi shug‘ullanadi. N tarmog‘ining potensial mijozlarini bazadan tanlab olish uchun ularning xulq-atvor profillarini tahlildan o‘tkazib, model qurish lozim. N tarmog‘ining standart iste’molchisi portreti — 35 yosh va undan katta yoshdagi ayol, daromadi oyiga 65 ming rubldan boshlanadi. Tarmoqning o‘rtacha cheki — 10 ming rubl. NN uning bazasidagi faol xaridorlar o‘zini qanday tutishi haqidagi ma’lumotlarga ega edi.
Barcha zarur ma’lumotlarni to‘plagach, NN tahlilchilari prediktiv model qurdi — agar konkret mijozga taklif yuborish, unga N’dan turli chegirmalar berilsa, xarid ehtimoli qanaqa bo‘lishini aniqladi. 15 muhim parametr baholandi. Agar yakuniy ball ma’lum chegaradan past bo‘lsa, unda ushbu odam poyabzal sotib olish ehtimoli tushib ketadi. Shu tariqa, NN potensial mijozlar guruhini ajratib oldi — 50 ming kishi. Bu guruhdagilarning ko‘pchiligiga mavsumiy poyabzal uchun chegirmalar taklif etilgan SMS-xabarlar, shuningdek, mijoz qayerdan kelganini aniqlashga yordam beruvchi maxsus kod yuborildi. NN vakilining so‘zlariga qaraganda, konversiya juda yuqori — 4 foiz bo‘lib chiqdi.
Tahlildan foydalanish kompaniyalarga yangi imkoniyatlarni ochadi, bu — mijozlar bazasining chuqur segmentatsiyasi, ilg‘orlashni tezlashtiruvchi ochiq ko‘rinmaydigan qonuniyatlar qidiruvi. Iste’mol asrida marketologlar borgan sayin barcha marketing kanallarini bitta platformada birlashtiruvchi yagona boshqaruv markazlariga aylanmoqda, bu kerakli auditoriyaga kerakli vaqtda kerakli kanal orqali murojaat etish imkoniyatini tug‘dirmoqda
“Ma’lumotlarga asoslangan MARKЕTING” mavzuidagi mahorat darsi haqida
Ehtiyojlar asosida mijozlarni konvertlovchi “boshqaruv markazi”ni qanday takomillashtirish haqida Ilya Balaxnin 2017-yil 29-iyulida o‘zining “Ma’lumotlarga asoslangan MARKЕTING” mavzuidagi mahorat darsida, Wyndham mehmonxonasida hikoya qilib beradi.
Ilya Balaxnin mijozlar va raqiblar haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish metodlari, to‘plangan ma’lumotlar asosida marketing jarayonlarini va marketing strategiyasini standartlashtirish haqida gapirib beradi.
Raqamli media, marketing kommunikatsiyalar va tahlil bo‘yicha yetakchi strateg. Microsoft, Skolkovo, Beeline, Unilever, Coca-Cola Hellenic, Universal, “Komstar”, Bud, Kodak, “Xosting-Kommyuniti”, “Russkiy standart”, jami 400 dan ortiq kompaniyada ishlagan.
Moskva davlat universitet, Davlat boshqaruv universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Rossiya menejerlar uyushmasi, shuningdek, MBA dasturlarida ma’ruza o‘qiydi.
Mahorat darsi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun murojaat qiling: 998909941211, 998909951211; “Change.uz”.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)