Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Merilend shtati Baltimor shahrida politsiyachini jinoyatni sahnalashtirganlikda ayblashdi, deb yozadi TJournal. Huquq-tartibot organlari xodimi narkotiklar solingan paketni tashlandiq yerga bildirmay qo‘yib qo‘ydi, so‘ng uni go‘yo o‘zi topib olgandek ko‘rsatdi.

Skrinshot: YouTube

Skrinshot: YouTube

24-yanvarda tanaga o‘rnatilgan kamera orqali olingan rolikda politsiyachi Richard Pineyro narkotiklar solingan paketni axlat uyumi ostiga yashirayotganini ko‘rish mumkin. 30 soniyadan keyin videoda ovoz eshitilgan. Politsiyachi: “Men shu yerni tekshirib ko‘rmoqchiman”, — deya axlat uyumi orasidan narkotiklarni “topib olgan”.

CNN yozishicha, Pineyro tanaga o‘rnatiladigan kameralar yozib oluvchi rejim qo‘lda yoqilguniga qadar bo‘lgan 30 soniyalik qaydni xotirada saqlashini hisobga olmagan.

Baltimor politsiya departamenti hodisani tekshirishni boshladi.

Videoyozuv e’lon qilinishi natijasida prokurorlar narkotiklar sotishda ayblanib, olti oydan buyon hibsda saqlanib kelgan gumonlanuvchiga qarshi jinoiy ishdan voz kechdi. Baltimor politsiyasi ma’lum qilishicha, rolikda aks etgan ofitserlardan birini vazifasidan chetlatishgan, yana ikki nafarini ichki tekshiruv yakunlanguniga qadar, ma’muriy majburiyatlarni bajarishga o‘tkazishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim