71 yoshli Ram Natx Kovind Hindistonning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda mamlakat markaziy saylov komissiyasi rahbari Anup Mishra ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hukmron “Bxaratiya janata” partiyasi vakili uchun Hindiston parlamenti va shtatlar qonunchilik organlari deputatlarining deyarli uchdan ikki qismi ovoz berdi.
Bixar shtatining sobiq gubernatori muxolifat nomzodi — parlament quyi palatasi raisi lavozimini egallagan mamlakatdagi ilk ayol, 72 yoshli Meyra Kumarni ortda qoldirdi.
Qayd etish joizki, Kovind va Kumar Hindistonda past tabaqa hisoblanadigan dalitlar vakili hisoblanadi.
Izoh (0)