AQShning “Mo‘jiza ayol” superqahramonlik filmini Tunis kinoteatrlarida namoyish etish taqiqlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Film iyun oyida mamlakatda prokatga chiqishi lozim edi. Premyera filmni taqiqlash chaqiriqlari aks etgan shikoyatlar tufayli bir necha marta qoldirildi. Bunga asosiy sabab sifatida bosh rolni isroillik aktrisa Gal Gadot ijro etgani ko‘rsataldi. Nihoyat, sud taqiq qarorini ma’qulladi.
1950-yillardan buyon Tunis Isroil bilan cheklangan diplomatik aloqalarni saqlab kelmoqda. Film bilan bog‘liq holat ikki tomonlama munosabatlar haqida yangi bahslar keltirib chiqardi.
Izoh (0)