Nigora Abdullayeva Namangan shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
N. Abdullayeva 1995-yilda Namangan davlat universitetini fizika-kimyo yo‘nalishida tamomlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Namangan shahridagi 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori bo‘lib ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi salkam 600 ming aholining 48,3 foizi yoki 285,8 minggini ayollar tashkil etadi.
Izoh (0)