Qatar Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misrni sudga berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot va savdo vaziri shayx Ahmad bin Jasim bin Muhammad at-Taniy bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“Qatar barcha zarur ishlarni amalga oshiradi hamda Doxaga qarshi sanksiyalar joriy etgan davlatlarni javobgarlikka tortish maqsadida mintaqaviy va xalqaro sud instansiyalariga murojaat qiladi”, — dedi u 18-iyul kuni.
Tilga olingan to‘rt davlat bir oydan oshiqroq muddat ilgari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan hamda qator siyosiy va iqtisodiy sanksiyalar joriy etgan edi. Mamlakat diplomatik izolyatsiyasining to‘xtatilishi uchun Doxa 13 banddan iborat shartlarni bajarishi talab etilmoqda.
Izoh (0)