Prezidentning 17-iyuldagi qarori bilan Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) tuzilmasi yangilandi, deb yozadi Norma. Hujjat matni davlat rahbari saytiga joylandi.
Davavianazorat apparati tuzilmasida quyidagi bo‘limlar ochildi:
- uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish bo‘limi;
- chet ellik ekspluatantlarning ekspluatatsiya nazorati bo‘limi.
Davavianazoratning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- fuqarolik va tajribaviy aviatsiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- O‘zbekiston havo hududidan xavfsiz foydalanishni, parvozlarni hayotga va odamlar salomatligiga, atrof-muhitga, davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirishni ta’minlash;
- fuqarolik aviatsiyasi faoliyati sohasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sertifikat berish ishlarini tashkillashtirish va ta’minlash;
- respublika fuqarolik aviatsiyasi manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda himoya qilish va boshqalar.
Izoh (0)