• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo viloyatida nazorat-kassa mashinasidan foydalanmasdan 190 mln so‘mlik savdo amalga oshirilganligi aniqlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-sonli qaroriga muvofiq, 2017-yilning 1-martidan boshlab chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan to‘lovlarni plastik kartochkalar yordamida qabul qilinishini ta’minlaydigan, o‘rnatish majburiy bo‘lgan hisob-kitob terminallarini o‘rnatmagan taqdirda o‘z faoliyatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmasliklari belgilab qo‘yildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Agar chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab sun’iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan taqdirda ularga nisbatan eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima solinishi belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd pul tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar, belgilangan tartibga muvofiq, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining maxsus ruxsatnomasini talab etadigan soliq tekshiruvi hisoblanmasligi qayd etib o‘tildi.

    Afsuski, bu borada hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish, ogohlantirish ishlarining olib borilishiga qaramasdan, ular orasida belgilangan savdo qoidalariga rioya qilmayotgan “ishbilarmonlar” ham uchrab turibdi.

    Jumladan, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 802 ta shoxobchada o‘tkazilgan nazorat tadbiri chog‘ida ularning barchasida savdo qoidalarining buzilishi holatlari aniqlandi.

    Tekshirishlar natijasida nazorat-kassa mashinasidan foydalanmasdan 188,7 million so‘mlik savdo amalga oshirilganligi, 32 ta holatda 8,7 million so‘m savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan naqd pul mablag‘ini bank kassalariga topshirmaslik hamda 6 million so‘mlik sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotlarni sotish holatlari aniqlandi.

    Fuqarolar murojaati asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yakkabog‘ tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor N.J.ga qarashli savdo do‘konida shoxobchada xaridorga 40 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmaganligi aniqlandi. Shuningdek, shoxobcha g‘aznasida nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 429 ming so‘m naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.

    Bundan tashqari fuqarolar murojaati asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shahrisabz tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor E.K.ga qarashli shoxobchada tadbirkor 22 ming so‘mlik sotib olingan mahsulot uchun nazorat-kassa mashinasi cheki bermaganligi hamda shu kuni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 595 ming 500 so‘m naqd pulning borligi ma’lum bo‘ldi.

    Shuningdek, Koson tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor A.X.ga qarashli savdo do‘konida sotuvchi tomonidan xaridorga 15 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmaganligi, shoxobcha g‘aznasida nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 125 ming so‘m naqd pul borligi aniqlandi.

    Bunday holatni Mirishkor tumanida ham uchratish mumkin. Tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.K.ga qarashli savdo do‘konida tadbirkor tomonidan xaridorga 4 ming 500 so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmaganligi aniqlandi. Shuningdek, shoxobcha g‘aznasida nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 1 million 200 ming so‘m miqdoridagi naqd pulning borligi ma’lum bo‘ldi.

    O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida yuqoridagi holatlar yuzasidan 686 ta xo‘jalik yurituvchi subyektiga nisbatan 3107,8 million so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi.

    Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha to‘plangan materiallardan 685 ta holatda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan 205,2 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilib, 2 nafar shaxsga nisbatan to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun tegishli sud organlariga taqdim etildi.

    17.07.2017, 09:05   Izoh (0)   11001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan shahrida niqobli talonchilar qo‘lga olindi

    16.07.2017, 18:05

    O‘zbekistonda hafta davomida yo‘lovchi tashish bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun 300 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

    16.07.2017, 17:01

    Belarus va O‘zbekiston chegara xizmatlari rahbarlari uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

    16.07.2017, 15:50

    Ilyos Rahimov Yoshlar ittifoqining Namangan Kengashi raisi etib saylandi

    16.07.2017, 15:31

    Oxinjon Umarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi etib saylandi

    16.07.2017, 11:07

    Toshkentlik sayyoh Saratovdan Qrimgacha qo‘lbola solda suzib bordi

    16.07.2017, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.