Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Qrim boshqarmasi chegarachilari 12-iyul kuni Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab qo‘lbola solda harakatlanishga uringan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Qoidabuzar “Kavkaz” porti tomonidan harakatlangani va chegarachilar uni shu yerda payqagani bildirilmoqda. Toshkent shahrida tug‘ilib-o‘sgan 53 yoshli erkak qo‘lbola soldan foydalanib, Saratov viloyatidan Stavropol va Kuban orqali Qrimgacha suzib borgan.
Erkakning aytishicha, u 2012-yilda o‘zini erkin sayyoh sifatida sinab ko‘rishga qaror qilgan, hatto yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha pasport stoliga ariza ham bergan. U harakatlandigan sol esa taxta, plastik idishlar va arqondan yasalgan.
Toshkentlik sayyohning omadi chopdi: u ogohlantirish bilan qutulib qoldi.
Izoh (0)