O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyat Kengashi raisini saylash masalasi ko‘rildi. Ushbu mas’uliyatli lavozim O‘zbekiston Prezidenti farmoniga asosan viloyat hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha birinchi o‘rinbosarga tenglashtiriladi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelgan Oxinjon Umarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi — viloyat hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib saylandi.
Oxinjon Umarov 1987-yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos mutaxassisligiga ega.
Izoh (0)