OITSga yo‘liqqan barcha chet el fuqarolari Misr hududidan chiqarib yuboriladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash va aholi vazirligi vakili doktor Amr Qandil bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, yashash huquqi so‘rab murojaat qilgan, o‘qishga yoki ishlashga kelgan har qanday chet ellik OIV infeksiyasi qonida yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart.
Amr Qandil qo‘shimcha qilib OITSga yo‘liqqan Misr fuqarolari barcha zarur dorilar bilan ta’minlanishi va mamlakat hududida mutlaqo bepul davolanishini aytib o‘tdi.
Izoh (0)