Avstriya mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Morell Cup nomini olgan musobaqaning yarim finalida o‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Qayd etish kerak, chexlar turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Bir necha soat oldin musobaqaning 3-o‘rni uchun O‘zbekiston va Shvetsiya termalari saf tortdi. Bellashuv shvedlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
O‘zbekiston terma jamoasi turnirning “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, ilk turda AQShni 4:1 hisobida mag‘lub etgan, keyinroq mezbon Avstriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Braziliya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga guruh peshqadamligini taqdim etdi.
Chorak finalda esa Buyuk Britaniya termasi ortda qoldirilgandi — 1:0.
Izoh (0)