Chempionlar xalqaro kubogida ishtirok etish uchun AQShning Los-Anjelesiga yetib kelgan “Manchester Yunayted” futbolchilari tinchgina mashg‘ulot o‘tkazishda muammoga duch keldi, deb yozdi “Sports.ru”.
Klub Los-Anjeles universitetlarining birida mashg‘ulot o‘tkazayotgandi. Aynan shu vaqtda shaxsi noma’lum kimsa universitetga qo‘ng‘iroq qilib, uning ayrim nuqtalari bombalashtirilgani haqida axborot berdi.
Tahlikaga tushib qolgan talabalar mashg‘ulot o‘tayotgan joyga yugurib chiqdi. Universitet xavfsizligi xodimlari talabalarga qo‘shib, futbolchilarni ham ma’lum vaqtga tezlik bilan evakuatsiya qildi. Faqatgina 2,5 soatdan keyingina “Yunayted” a’zolari belgilangan nuqtaga qaytib kelishga erishdi.
Izoh (0)