AQSh adliya vazirligi sog‘liqni saqlash tizimidagi qalloblik tizimlarini fosh qilish bo‘yicha keng miqyosli operatsiyaning yakunlanganligini bildirdi. Buning natijasida 412 gumondorga 1,3 millard dollar miqdoridagi pullarni qalloblik yo‘li bilan orttirish ayblovi qo‘yildi, deb xabar beradi Meduza.
Ayblovlar 20 dan ortiq shtatlarda ilgari surildi, 115 doktor, shuningdek, hamshiralar va boshqa toifadagi tibbiyot xodimlarining ishlari ko‘rilmoqda. 300 ga yaqin mutaxassis ishdan chetlashtirildi, deb xabar qildi bosh prokuror Jeff Seshns.
Shifokorlar tashxisda ko‘zda tutilmagan dori vositalarini yozib berishda ayblanmoqda. Ko‘p hollarda bu dorilar hatto sotib ham olinmagan, ammo ularning hisoblari davlat tibbiyot sug‘urtasi tizimida joylashtirilgan.
Adliya vazirligi xabarnomasida qayd qilinishicha, ayrim doktorlar opioid og‘riqsizlantiruvchi vositalarni yozib bergan. Ayrim doktorlar bir oy ichida butun boshli shifoxona yozib beradigan miqdorda retseptlar yozib bergani aniqlandi.
Izoh (0)