Rossiyaning Leningrad viloyatida angarning yonib ketishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha gumondor, shu angarni ijaraga olgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Politsiya xodimlari bilan hamkorlikda tergov harakatlari va operativ-qidiruv tadbirlarining olib borilishi natijasida ushbu jinoyatning sodir etilishiga 1986-yili tug‘ilgan, temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarilishiga mo‘ljallangan mazkur angarni ijaraga olgan MChJ bosh direktori bo‘lgan ayol aloqador ekanligi aniqlandi”, — deyiladi Rossiya tergov qo‘mitasi xabarnomasida.
Ayni paytda ayolga nisbatan cheklov chorasi qo‘llanilishi masalasi hal qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning Kolpino shaharchasida ro‘y bergan ushbu yong‘inda yetti kishi halok bo‘lgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lganlarning barchasi yo‘lak plitkasi ishlab chiqariladigan angarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Izoh (0)